Jim Kerri rassom Min Xa bilan rasman turmush qurdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Jim Kerri rassom Min Xa bilan rasman turmush qurdi

Gollivud kino olamining taniqli namoyandasi, 64 yoshli aktyor Jim Kerri o‘z hayotida muhim yangilikka qo‘l urdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U uzoq yillardan buyon ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgan, o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min Xa, ya’ni Minzi bilan rasman turmush qurdi. Nikoh marosimi Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbir shov-shuvlardan holi tarzda, faqatgina eng yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida, tor doirada tashkil etildi. Ushbu xushxabar 30 sentyabr kuni People nashri tomonidan aktyorning rasmiy vakili bergan ma’lumotlarga asoslanib tasdiqlandi.

Juftlik o‘z munosabatlarini uzoq vaqt davomida jamoatchilik va matbuot e’tiboridan chetda saqlashga harakat qilib kelgan edi. Endilikda esa ular o‘z hayotlarining yangi bosqichini boshlashga qaror qilishdi.

Jim Kerri va Min Xaning ushbu qarori muxlislar hamda kino olami vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Hozircha yangi turmush qurgan juftlik o‘zlarining kelgusi rejalari yoki nikoh marosimi tafsilotlari haqida qo‘shimcha bayonotlar bermadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish