Edrian Broudi Samarqanddagi xalqaro sammitda ishtirok etmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Edrian Broudi Samarqanddagi xalqaro sammitda ishtirok etmoqda

Jahon kino sanoatining taniqli vakili, ikki karra Oskar mukofoti sohibi Edrian Broudi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘tkir tig‘lar seriali hamda Pianinochi filmi orqali millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan mashhur aktyorning yurtimizga kelgani jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, tashrif maqsadi 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan Bolalar farovonligi masalasiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti hisoblanadi.

Ushbu nufuzli xalqaro anjuman doirasida dunyoning turli burchaklaridan yig‘ilgan ekspertlar, jamoat arboblari va soha mutaxassislari bolalar huquqlarini himoya qilish hamda ularning kelajagini ta’minlashga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilmoqdalar. Tadbirda 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgani uning ko‘lami naqadar keng ekanligidan dalolat beradi.

Edrian Broudi o‘zining ushbu sammitdagi ishtiroki orqali global ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni hamda bolalar ta’limi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. Aktyorning tashrifi Samarqanddagi xalqaro tadbirning nufuzini yanada oshirib, mazkur mavzuga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish