
Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Avaz Oxun bergan intervyularidan birida ijodkorlar faoliyatida tez-tez kuzatiladigan yulduzlik kasalligi xususida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Suhbat davomida unga yulduzlik kasalligiga chalinganmisiz degan savol yo‘llandi. San’atkor mazkur savolga ochiqlik bilan javob berib, o‘z faoliyati davomida bunday holatni boshdan kechirganini yashirmadi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu holatdan butunlay xoli bo‘lgan ijodkor deyarli mavjud emas. Avaz Oxun bu jarayonni tabiiy holat sifatida baholab, har bir inson o‘z ichki dunyosida va kasbiy o‘sishida turli bosqichlardan o‘tishini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur psixologik holatning davosi mavjud, biroq barcha ham o‘z vaqtida uni anglab yetishga va to‘g‘ri xulosa chiqarishga muvaffaq bo‘lavermaydi. Qiziqchi yulduzlik kasalligini yengib o‘tish har bir san’atkorning o‘ziga bog‘liq ekanligini, shon-shuhratning vaqtinchalik ekanligini anglash bu yo‘ldagi asosiy omillardan biri ekanligini qo‘shimcha qildi.






Izohlar
0