
Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli aktyor va rejissyor Ahrorbek Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani hamda ayni damda shifoxonada davolanayotgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu holat san’atkorning muxlislari va hamkasblari o‘rtasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bloger Dilmurod Karimov shifoxonaga tashrif buyurib, aktyorning holidan xabar oldi va u bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida qayd etilgan videolavhani o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan Dilmurod Karimov, Ahrorbek Qo‘shmatovning hozirgi kunda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirdi. Blogerning ta’kidlashicha, san’atkorning sog‘lig‘ini tiklash jarayoni uzoq muddat va ma’lum miqdorda mablag‘ talab qiladi.
Shu sababli, aktyor ayni paytda keng jamoatchilik va xalq ko‘magiga muhtoj bo‘lib turibdi. Mazkur xabar tarmoq foydalanuvchilari orasida faollikni keltirib chiqardi va ko‘plab kishilar aktyorga yordam berish istagini izhor etishmoqda.
Hozircha aktyorning ahvoli haqida rasmiy tibbiy ma’lumotlar ochiqlanmagan bo‘lsa-da, yaqinlari uning tuzalib ketishi uchun barcha choralarni ko‘rishayotganini qayd etishgan.






Izohlar
0