Turkiyaning Akkuyu atom elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushiriladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Turkiyaning Akkuyu atom elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushiriladiTurkiya davlatining energetika sohasidagi mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan eng yirik strategik loyiha — Akkuyu atom elektr stansiyasi qurilishida muhim bosqichga yetib kelindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirgi kunda stansiyaning birinchi energoblokini ekspluatatsiyaga topshirish bo‘yicha texnik jarayonlar hal qiluvchi pallaga kirdi. Rossiyaning Rosatom davlat korporatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu yirik inshoot mamlakat energiya tizimidagi yuklamani sezilarli darajada kamaytirish va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda asosiy bo‘g‘in bo‘lishi rejalashtirilgan.

Loyihaning yakuniy bosqichi doirasida barcha texnik talablar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Akkuyu AES 2026-yilda o‘zining to‘liq quvvatiga erishadi va mamlakat energetika tarmog‘iga muntazam ravishda elektr energiyasi uzata boshlaydi.

Bu haqidagi ma’lumotlar Istanbul shahrida tashkil etilgan NPPES ixtisoslashtirilgan xalqaro forumida rasman e’lon qilindi. Akkuyu loyihasi nafaqat Turkiya, balki mintaqaviy energetika xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish