OpenAI kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan yangi modelini e'lon qildi

0
OpenAI kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan yangi modelini e'lon qildiOpenAI kiberxavfsizlik uchun maxsus yangi tizimni taqdim etdi OpenAI kompaniyasi kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan GPT-5.4-Cyber modelini rasman e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Axios nashri tarqatgan ma'lumotga ko'ra, texnologik gigant o'tgan hafta AQSh federal idoralari hamda «Besh ko'z» (Five Eyes) razvedka alyansi vakillari uchun yopiq brifing tashkil etgan. Taqdimot davomida sun'iy intelekt asosidagi yangi ishlanmaning kiberhujumlarga qarshi turish va axborot xavfsizligini ta'minlashdagi imkoniyatlari namoyish etildi.

Mazkur tizim dastlabki bosqichda faqat cheklangan doiradagi foydalanuvchilar, xususan, maxsus sertifikatga ega mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun ochiq bo'ladi. Hozirda Five Eyes tarmog'iga a'zo davlatlar ushbu texnologiyani o'z xavfsizlik tizimlariga joriy etish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, kiberxavfsizlik yo'nalishida raqobat ham kuchayib bormoqda. OpenAI'ning asosiy raqobatchisi hisoblangan Anthropic kompaniyasi ham ushbu sohaga oid o'z loyihalarini taqdim etgan.

Mutaxassislarning fikricha, sun'iy intelekt modellarining maxsus talqinlari davlat idoralari va strategik ob'ektlarni raqamli tahdidlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari