Olimlar Yer sayyorasidagi ekologik vaziyat keskin yomonlashganidan ogohlantirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Olimlar Yer sayyorasidagi ekologik vaziyat keskin yomonlashganidan ogohlantirdiOregon shtati universiteti tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan soʻnggi tahlillar Yer sayyorasining ekologik holati keskin yomonlashayotganini fosh etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Olimlar sayyoramizning hayotiy koʻrsatkichlari xavfli darajaga yetganini qayd etishmoqda. Dunyo boʻylab issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasi kutilganidek emas, bu esa oʻz navbatida iqlim barqarorligining izdan chiqishiga olib kelmoqda.

Mutaxassislarning xulosasiga koʻra, hozirgi kunda dunyoda hukm surayotgan iqtisodiy model oʻzgarishsiz qolishi ekotizim uchun oʻta xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tabiatdagi muvozanatning saqlanib qolishi uchun nafaqat texnologik, balki tizimli oʻzgarishlar zarur.

Tadqiqot mualliflari global isish va atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashda tub burilish yasash vaqti yetganini taʼkidlashadi. Aks holda, insoniyat va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar yanada murakkablashib, tabiat hodisalarining kutilmagan va vayronkor tus olish ehtimoli ortib boradi.

Ekologik inqirozning oldini olish uchun xalqaro hamjamiyat birgalikda aniq va qatʼiy qadamlar tashlashi lozim.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish