Bugungi kunda smartfonlar texnologiya bozorida ustunlik qilayotgan bo‘lsa-da, tugmali telefonlarga bo‘lgan talab hamon saqlanib qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ko‘pchilik mazkur turdagi qurilmalar allaqachon o‘z davrini o‘tab bo‘lgan deb hisoblasa-da, Nokia brendi huquqlariga egalik qiluvchi HMD kompaniyasi bu fikrni rad etuvchi yangi qadam tashladi. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchilar e’tiboriga bir yo‘la to‘rtta yangi tugmali modelni havola etdi.
Bular Nokia 200 4G, Nokia 210 4G, Nokia 215 4G (2nd Edition) va Nokia 235 4G (2nd Edition) qurilmalaridir. Mazkur modellar shunchaki oddiy qo‘ng‘iroq qilish va chiroq vazifasini bajaruvchi oddiy qurilmalar emas.
HMD kompaniyasi ularni zamonaviy talablarga moslashtirib, 4G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati bilan jihozladi. Bu esa foydalanuvchilarga aloqa sifatini yaxshilash va internet imkoniyatlaridan cheklangan bo‘lsa-da foydalanish imkonini beradi.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan bu yangi turkum eski an’analarni zamonaviy texnologik yechimlar bilan uyg‘unlashtirishga urinish hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar rivojlangan pallada ham ixcham va batareyasi uzoq muddat xizmat qiladigan tugmali telefonlarga bo‘lgan ehtiyoj hali ham yuqoriligicha qolmoqda.
HMD kompaniyasining bu strategiyasi bozordagi o‘ziga xos segmentni egallashga qaratilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0