Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi: qimor va pul yuvishda gumonlanmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi: qimor va pul yuvishda gumonlanmoqda
O'zbekiston hukumati Humans kompaniyasi asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Interpolning rasmiy saytida xabar berildi. Tadbirkorga qimor biznesini tashkil etish va moliyaviy jinoyatlar sodir etishda gumonlanmoqda.

Dobrinin 1972 yilda Avstriyada tug'ilgan, Rossiya fuqaroligiga ega. Humans kompaniyasi O'zbekiston bozorida fintex, mobil aloqa va marketpleys xizmatlarini birlashtirgan innovatsion platforma sifatida paydo bo'ldi. Dastlab loyiha keng e'tirof qozongan bo'lsada, keyinchalik kompaniya faoliyatida muammolar yuzaga keldi.

2025 yil 14 oktyabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Octobankning da'vogasi asosida Humans MChJni bankrot deb e'lon qildi. Kompaniya 430 milliard so'mga yaqin qarzdorlikka ega ekani aniqlandi. Bu, asosan, 2025 yil iyun oyida to'xtatilgan Visa hamkorlik kartalariga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq edi.

Shundan so'ng Humans kartalari orqali ruxsatsiz pul yechib olish holatlari aniqlangan, bu esa jamoatchilikda xavotir uyg'otdi. Kompaniya rahbariyati bu vaziyatni texnik nosozliklar va kiberhujumlar bilan izohlagan. O'zbekiston Markaziy banki holatni tekshirib, materiallarni Toshkent shahar IIBBga yubordi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish