O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov milliy tadbirkorlik subyektlari faoliyatida kuzatilayotgan dolzarb to‘siqlar va tizimli muammolar yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tashkilotga kelib tushgan murojaatlar va biznes vakillarining takliflari tahlil qilinganda, asosiy e’tirozlar moliyaviy resurslar, yer-kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda soliq ma’muriyatchiligi sohalariga borib taqalmoqda. Xususan, moliya sektoridagi qiyinchiliklar tadbirkorlar uchun eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Garchi biznes vakillarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabi yuqori darajada saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, bank muassasalari tomonidan kredit ajratish jarayonidagi tekshiruvlar, garov ta’minotini baholash va kreditlash shartlari tadbirkorlar uchun qator murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi palata kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.
Davron Vahobovning ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish nafaqat alohida korxonalar barqarorligini, balki mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ham bevosita belgilab beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0