Audiera suniy intellekt musiqa platformasining ichki valyutasi hisoblangan BEAT tokeni oxirgi bir oy mobaynida kriptovalyuta bozorida kutilmagan va yuqori natijalarni qayd etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Umumiy bozor tendensiyalariga nazar tashlaydigan boisak, Bitcoin qiymati 25 foizga, Ethereum esa 30 foizga arzonlashgan bir pallada, BEAT tokenining narxi 1500 foizdan yuqori o‘sish ko‘rsatkichini namoyon qildi. Natijada kriptoaktiv qiymati 9,20 dollarlik tarixiy cho‘qqiga chiqdi.
Cointelegraph.com nashri keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat investorlar diqqatini ushbu loyihaga qaratishga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar ushbu keskin o‘zgarishlarni BEAT tokenining suniy intellekt yo‘nalishidagi loyihalar ichida alohida o‘rin egallayotgani bilan izohlamoqda.
Bozor tahlilchilari ushbu o‘sish dinamikasini raqamli aktivlar sektoridagi muayyan qiziqishlar va platformaning texnologik imkoniyatlari bilan bog‘lamoqda. Hozirgi kunda BEAT tokeni o‘zining barqaror rivojlanishi va bozorning umumiy pasayish davridagi qarshiligi bilan ko‘plab treyderlar uchun kuzatuv obektiga aylangan.
Ushbu natijalar suniy intellektga asoslangan kripto loyihalarning kelajakdagi salohiyatiga bo‘lgan ishonchni ham ma’lum darajada oshirishi mumkin.
Audiera’ning BEAT tokeni bir oyda 1500 foizga o‘sdi
Bu maqola qanday bo'ldi?