AQSHda sunʼiy intellekt yordamida amalga oshirilgan yirik firibgarlik fosh etildi

Nilufar Rashidova1 daqiqalik o'qish

AQSHda sunʼiy intellekt yordamida amalga oshirilgan yirik firibgarlik fosh etildiAQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Texas shtatida istiqomat qiluvchi Nathan Fullerni yirik koʻlamdagi firibgarlikda ayblab, unga qarshi sud da'vosini kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma'lumotlarga koʻra, gumondor oʻzining Privvy Investments hamda Gateway Digital Investments kompaniyalari orqali 150 ga yaqin investorning 12,3 million dollar mablagʻini noqonuniy yoʻllar bilan oʻzlashtirgan. Cointelegraph.com nashri tarqatgan xabarga koʻra, Fuller sun'iy intellektga asoslangan savdo botlari yordamida yuqori daromad olishni va'da qilib, odamlarni chuv tushirgan.

Xususan, u 30-45 kun ichida 40 foizdan 50 foizgacha, ayrim holatlarda esa 21 kunda 100 foizdan ortiq foyda keltirishni va'da qilgan. Tergov jarayonida Fullerning sun'iy intellekt botlari kripto platformalarida arbitraj savdolari bilan shugʻullanishi haqidagi da'volari yolgʻon ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, u mablagʻlar FDIC tomonidan sugʻurtalanganini aytib, investorlarni chalgʻitgan. Aslida esa, yigʻilgan 12,3 million dollarning 6,2 million dollari shaxsiy ehtiyojlarga sarflangan, qolgan 5,5 million dollar esa moliyaviy piramida tamoyillari asosida eski investorlarga toʻlab berilgan.

Firibgarlikni yashirish uchun soxta hisobotlardan foydalanilgan. Hozirda SEC ayblanuvchiga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish, jumladan, aktivlarni musodara qilish va jarimalar belgilashni talab qilmoqda.

Bu kabi holatlar texnologiyalar niqobi ostidagi moliyaviy jinoyatlar koʻpayayotganidan dalolat beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish