To‘qson olti yoshli tiktok yulduzi va uning internetdagi muvaffaqiyati

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

To‘qson olti yoshli tiktok yulduzi va uning internetdagi muvaffaqiyati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhurlik qozonish hamda moliyaviy barqarorlikka erishish faqat yosh avlod vakillariga xos imkoniyat degan tushuncha bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Buning yaqqol isboti sifatida AQSHning Konnektikut shtatida istiqomat qiluvchi 96 yoshli Lillian Droniakning muvaffaqiyatini keltirish mumkin. Mazkur yoshi ulug‘ ayol TikTok ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga xos kontent yaratib, internet olamida katta shuhrat qozondi va 15 milliondan ortiq obunachilar auditoriyasini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.

BBC axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Lillian Droniakning virtual platformadagi faoliyati nafaqat ijtimoiy ta’sir doirasini kengaytirdi, balki unga har oyda 10 ming AQSH dollari miqdorida barqaror daromad keltirmoqda. Ushbu holat raqamli texnologiyalar va internet platformalari yosh tanlamasligini hamda har qanday yoshdagi inson o‘z ijodiy salohiyatini namoyon etib, muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.

Mazkur tajriba bugungi kunda keksa avlod vakillarining ham zamonaviy texnologik muhitga moslashib borayotganidan dalolat beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish