
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi, milliarder Ilon Mask Ukrainaga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlar masalasida navbatdagi keskin bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
X ijtimoiy tarmog‘i egasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSH byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanish tartibini tanqid ostiga oldi. Maskning fikriga ko‘ra, Amerika soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Ukraina rasmiylari vositasida murakkab moliyaviy sxemalar orqali qayta taqsimlanmoqda.
Tadbirkor bu mablag‘lar oxir-oqibat AQSHdagi siyosatchilarning saylovoldi kampaniyalarini moliyalashtirish uchun ishlatilayotgan bo‘lishi mumkinligini iddao qildi. Mazkur bayonot xalqaro miqyosda va siyosiy doiralarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mask o‘z chiqishida davlat mablag‘larining shaffofligi va ulardan maqsadli foydalanish masalasiga urg‘u berib, bu jarayonlar ustidan nazorat kuchaytirilishi zarurligiga ishora qilgan. Hozircha ushbu ayblovlar yuzasidan rasmiy idoralar yoki siyosiy doiralardan aniq javoblar berilmagan bo‘lsa-da, milliarderning mazkur fikrlari AQSHning Ukrainaga yordam ko‘rsatish siyosati atrofidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.






Izohlar
0