Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur muloqot davomida ikki qardosh mamlakat o‘rtasida shakllangan do‘stona aloqalar, strategik sheriklik darajasi hamda ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ezgu tilaklari yetkazilib, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot strategik sheriklikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Saida Mirziyoyeva Turkiya tomoni bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va istiqbolli tashabbuslar ikki xalq manfaatlari yo‘lida yuqori samara berayotganini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va mavjud salohiyatdan unumli foydalanish borasidagi qat’iy niyatlarini bildirdilar.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish