Kane Uest konserti bekor qilinishi muxlislarni sarosimaga soldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Kane Uest konserti bekor qilinishi muxlislarni sarosimaga soldi

Jahon xip-xop musiqasining eng munozarali va o‘ziga xos ijodkorlaridan biri bo‘lgan Kane Uest (Ye) atrofida moliyaviy muammolar bilan bog‘liq vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSHlik reperning 10–11 oktyabr kunlari Sankt-Peterburg shahridagi 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Gazprom Arena stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki kunlik konsert dasturi bekor qilinishi ehtimoli yuqori. Mazkur loyiha atrofidagi noaniqliklar muxlislar va chipta xarid qilgan shaxslar o‘rtasida xavotirlarni keltirib chiqardi.

Ayniqsa, keng ko‘lamli reklama kampaniyalariga ishonib, narxi 55 ming so‘mdan boshlanadigan chiptalarni xarid qilgan minglab insonlar mablag‘larini qaytarib olish masalasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Hozirgi kunda tashkilotchilar tomonidan aniq bayonot berilmayotgani vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Mutaxassislar ushbu holatni yirik xalqaro tadbirlarni tashkil etishdagi logistika va moliyaviy kelishmovchiliklar bilan bog‘lamoqda. Agar konsertlar rasman bekor qilinsa, chipta egalariga yetkazilgan moddiy zararni qoplash jarayoni huquqiy tartibga muvofiq amalga oshirilishi talab etiladi.

Hozircha tomonlar mazkur mojaro yuzasidan yakuniy qarorga kelishmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish