Germaniyada o‘ng qanot partiyaning nufuzi ortib bormoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Germaniyada o‘ng qanot partiyaning nufuzi ortib bormoqda

Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr uchun o‘ta murakkab va tahlikali siyosiy jarayonlarni boshidan kechirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nufuzli Politico nashri tahlilchisi hamda britaniyalik kolumnist Jon Kampfnerning fikricha, Saksoniya-Anhalt federal yerida bo‘lib o‘tadigan hududiy saylovlar nafaqat Germaniyaning ichki barqarorligi, balki butun Yevropa Ittifoqi va global siyosiy muvozanat uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Mazkur jarayonda «Germaniya uchun muqobil» (AdG) partiyasining nufuzi va ta’sir doirasi ortib borayotgani kuzatuvchilarni xavotirga solmoqda.

Ushbu siyosiy kuchning mintaqaviy saylovlardagi muvaffaqiyati mamlakatdagi an’anaviy siyosiy tizimga bosimni kuchaytirishi hamda kelgusida Yevropa miqyosidagi qarorlar qabul qilish jarayoniga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Mutaxassislar ushbu holatni Germaniyaning zamonaviy tarixidagi eng dramatik siyosiy burilishlardan biri sifatida baholamoqda.

Mamlakat ichkarisida kuchayayotgan radikal qarashlar va ijtimoiy-siyosiy qutblanish Yevropa hamjamiyatining kelgusi taraqqiyot strategiyasiga ham bevosita bog‘liq bo‘lib qolgan. Shu sababli, Saksoniya-Anhaltdagi saylov natijalari nafaqat mahalliy ahamiyatga ega, balki xalqaro siyosiy maydonda ham diqqat bilan kuzatilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish