Chilida kuchli sel oqimi avtomobillarni oqizib ketdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Chilida kuchli sel oqimi avtomobillarni oqizib ketdi

Chili poytaxti Santyago shahrining Las-Kondes tumanida 8 oktyabr kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik jiddiy oqibatlarga olib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan kuchli sel oqimi hududdagi ko‘chalarni loyqa va yirik toshlar bilan to‘ldirib tashladi. Emol nashrining ma’lum qilishicha, suv oqimining kuchi shunchalik yuqori bo‘lganki, u yo‘lda harakatlanayotgan bir nechta yengil avtomobilni, shuningdek, jamoat transportiga tegishli avtobusni ham o‘zi bilan sudrab ketgan.

Hodisa asosan San-Karlos-de-Apokindo hududida qayd etilgan. Mutaxassislarning tushuntirishicha, tog‘oldi hududlarida kuzatilgan anomal darajadagi yog‘ingarchilik jarliklardan suvning tezlik bilan pastliklarga oqib tushishiga sabab bo‘lgan.

Oqibatda tog‘ jinslari va loy massasi aholi yashash punktlariga hamda infratuzilmaga zarar yetkazgan. Hozirgi vaqtda hududda tozalash ishlari olib borilmoqda, rasmiylar yetkazilgan moddiy zararni baholash va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish