Anna Politkovskaya o‘ldirilganiga 20 yil bo‘lsa ham buyurtmachi noma’lum

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Anna Politkovskaya o‘ldirilganiga 20 yil bo‘lsa ham buyurtmachi noma’lum

Rossiyalik taniqli jurnalist Anna Politkovskayaning o‘ldirilganiga bugun 20 yil to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur mudhish jinoyat 2006 yilning 7 oktyabr kuni Moskva shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining liftida sodir etilgan edi. O‘sha vaqtda 48 yoshni qarshilagan jurnalist o‘z uyiga kirayotgan vaqtida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.

Anna Politkovskaya o‘z faoliyati davomida Rossiyaning eng jasur va prinsipial surishtiruvchi jurnalistlaridan biri sifatida tanilgan. U ayniqsa Chechenistondagi urush va u yerdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yoritishda faol ishtirok etgan.

«Novaya gazeta» nashrida chop etilgan o‘tkir maqolalari unga keng jamoatchilik orasida obro‘ keltirgan bo‘lsa-da, ayni shu kasbiy faoliyati uning hayotiga zomin bo‘ldi. Oradan ikki o‘n yillik o‘tgan bo‘lishiga qaramay, mazkur qotillik ishi bo‘yicha tergov jarayonlari ko‘plab savollarni ochiq qoldirmoqda.

Garchi ijrochilar aniqlanib, jazolangan bo‘lsa-da, jinoyatning asosiy buyurtmachisi kim ekani hamon noma’lumligicha qolmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu ish yuzasidan turli taxminlar ilgari surilgan bo‘lsa-da, yakuniy haqiqat hanuzgacha yuzaga chiqqani yo‘q.

Bu holat jurnalistlar xavfsizligi va so‘z erkinligi masalasida Rossiyadagi dolzarb muammolardan biri sifatida baholanib kelinadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish