Samuel Yumtiti Oltin to‘p mukofoti futbolga zarar yetkazayotganini aytdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Samuel Yumtiti Oltin to‘p mukofoti futbolga zarar yetkazayotganini aytdi


Fransiya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Samuel Yumtiti "Oltin to‘p" mukofoti atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

U nufuzli sovrin o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotganini ta’kidladi. RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, tajribali himoyachi ushbu mukofot hozirgi kunda futbolga jiddiy zarar yetkazayotganini qayd etgan.

Yumtiti futbol jamoaviy sport turi ekanligini eslatib, ko‘plab o‘yinchilar jamoaviy natijalardan ko‘ra, shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritishni birinchi o‘ringa qo‘yayotganidan xavotirda. Uning fikricha, bunday yondashuv sportning asl mohiyatiga zid keladi.

Shuningdek, futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu davri yakunlangach, "Oltin to‘p"ga bo‘lgan qiziqishi butunlay so‘nganini qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "PSJ" va Fransiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembele hisoblanadi.

Ayni damda futbol jamoatchiligi navbatdagi sovrin kimga nasib etishini kutmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, reytingda Lionel Messi o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi, Xvicha Kvaratsxeliya va Lamin Yamal esa kuchli beshlikka kira olmagan.

Hozirda ekspertlar asosiy nomzodlar borasida o‘z taxminlarini bildirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish