
«Liverpul» himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Urugvaylik futbolchi ayni damda Angliya klubi sharafini ijara asosida himoya qilmoqda, uning transfer huquqi esa Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga tegishli. Taniqli jurnalist Ekrem Konur tarqatgan xabarga ko‘ra, ijara shartnomasida 55 million yevro evaziga futbolchini to‘liq sotib olish bandi mavjud.
Biroq bitimning yakuniy qismi ko‘p jihatdan aynan futbolchining o‘z xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, Arauxoning asosiy maqsadi — «Barselona»ga qaytish.
Himoyachi «Liverpul»dagi ijara muddatini kataloniyaliklar ustozi Xans-Diter Flikka o‘zining kuchli tomonlarini namoyish etish va asosiy tarkib uchun munosib ekanligini isbotlash imkoniyati sifatida baholamoqda. Manbalarga ko‘ra, ijaradan qaytgach, futbolchi kelajagi borasida aniq qaror qabul qilishdan oldin bosh murabbiy bilan shaxsan muloqot qilishni rejalashtirgan.
Joriy mavsumda «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan Arauxo, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Hozircha tomonlar yakuniy qarorga kelishmagan va vaziyat keyingi oylarda oydinlashishi kutilmoqda.






Izohlar
0