
Fransiyaning "Strasburg" klubi himoyachisi Gela Due faoliyatini "Pari Sen-Jermen" safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda taniqli jurnalist Sasha Tavolyeri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, parijliklar jamoasi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Klub rahbariyati ham o‘ng qanotda, ham markaziy himoyada harakat qila oladigan universal futbolchini qidirmoqda. Aynan 23 yoshli ivuarlik futbolchi ushbu talablarga to‘liq javob beradi.
Hozirgi vaqtda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi. Tomonlar o‘zaro fikr almashgan bo‘lsa-da, kelishuv bo‘yicha hali jiddiy siljishlar kuzatilmagan.
Qayd etish joizki, Gela Due joriy mavsumda Fransiya chempionati doirasida bitta o‘yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q. Futbolchining "Strasburg" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari o‘yinchi uchun 20 million yevro atrofida narx belgilashgan. Parij klubi ushbu transferni amalga oshirish uchun yaqin vaqt ichida rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.






Izohlar
0