
Parij Sen-Jermen (PSJ) bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 doirasida "Lion"ga qarshi bo'lib o'tgan va 1:2 hisobida yakunlangan o'yin oldidan tarkibdagi o'zgarishlar haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Parijliklar 18-daqiqagacha ikki bor o'tkazib yuborishdi. Uchrashuvdagi yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Xviça Kvaratsxeliya mualliflik qildi.
"Tarkibdagi o'zgarishlar? Bu mening qarorim.
Biz 27 kun ichida to'qqizta o'yin o'tkazishimiz kerak va barcha futbolchilarni safga jalb qilishimiz lozim. Boshqa qanday qilib?
Agar tarkibni aylantirishning ma'nosi nimadaligini tushunmasangiz, demak siz umuman hech narsani tushunmaysiz", - deya jurnalistlar savoliga javob berdi Enrike. PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Lans"dan bir ochko oldinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda poytaxt klubi Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'l olib, u yerda "Bavariya" bilan uchrashadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0