
OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi dastlabki turda amaldagi chempion Al Ahli jamoasi bilan safarda kechgan bahsda durang qayd etgan Toshkentning Paxtakor klubi musobaqaning ikkinchi turida muhim bellashuvni o‘tkazadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Poytaxtliklar bugun o‘z maydonlarida Saudiya Arabistonining shiddat bilan rivojlanayotgan loyihasi hisoblangan Al Qodisiya jamoasini qabul qiladi. Neft kompaniyasi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan hamda taniqli mutaxassis Brendan Rojers boshchiligidagi mehmonlar qisqa vaqt ichida o‘z tarkibini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Paxtakor uchun mazkur qarama-qarshilik o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ijobiy natija qayd etish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Raqibning tarkibidagi yulduzli o‘yinchilar va murabbiyning taktik yondashuvi uchrashuvni yanada qiziqarli va murosasiz tus olishini taqozo etmoqda.
Toshkentlik futbolchilar uchun ushbu bahs nafaqat ochko jamg‘arish, balki xalqaro maydondagi nufuzni mustahkamlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Uchrashuvning qanday yakun topishi va har ikki jamoaning turnir jadvalidagi o‘rni qanday o‘zgarishi bugungi o‘yin natijalari orqali ma’lum bo‘ladi.
Futbol ishqibozlari mazkur to‘qnashuvdan yuqori darajadagi o‘yin va keskin kurash kutishmoqda.






Izohlar
0