Mauro Ikardi yangi klub tanlashda sport loyihalariga ustunlik bermoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Mauro Ikardi yangi klub tanlashda sport loyihalariga ustunlik bermoqda


Argentinalik hujumchi Mauro Ikardining agenti Letterio Pino futbolchining yangi klub tanlashdagi ustuvorliklari haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

U, shuningdek, Rimning "Latsio" klubi bilan muzokaralar olib borilganini ham tasdiqladi. Pino jurnalist Nikola Skiraga bergan intervyusida futbolchining moliyaviy manfaatlar emas, balki sport loyihalari muhimligini ta’kidladi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, Mauro Ikardi o‘ziga mos keladigan jamoani izlamoqda. Futbolchi uzoq muddatli reja asosida bir klubda kamida ikki-uch yil qolishni istaydi.

"Latsio" varianti bo‘yicha esa tomonlar muloqot qilgan. "Latsio" vakili Fabiani bilan suhbat juda ijobiy kechdi, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi.

Tomonlar vaziyatni chuqur tahlil qilish uchun o‘zaro vaqt so‘rashgan. Ayni damda 33 yoshli hujumchi erkin agent maqomida qolmoqda.

U "Galatasaroy" klubi bilan shartnoma muddati tugaganidan so‘ng jamoani tark etgan edi. Hozirda futbolchi o‘z faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirishi bo‘yicha aniq to‘xtamga kelmagan.

Mutaxassislar Ikardining tajribasi ko‘plab yevropalik klublar uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Kelgusi haftalarda futbolchining yangi manzili ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish