
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga "Brayton" ustozi Fabian Hyurselerni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Angliya klubi joriy murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi mavhumligicha qolayotgani sababli, yangi nomzodlar izlash jarayonini boshlab yuborgan. Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "qizil iblislar" ro‘yxatida Hyurselerdan tashqari, yana bir nemis mutaxassisi Yulian Nagelsmann ham asosiy da’vogar sifatida qayd etilgan.
Shunga qaramay, manbalarga ko‘ra, Fabian Hyurseler ayni damda "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan manfaatdor emas va o‘z faoliyatini hozirgi klubida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. Hozircha "Manchester Yunayted" rahbariyati Maykl Kerrikni iste’foga chiqargani haqida rasmiy bayonot bermadi.
Biroq, avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, agar jamoa Angliya premer-ligasining navbatdagi turida mag‘lubiyatga uchrasa, klub mutasaddilari murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilishi mumkin. Klubdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda va yaqin kunlarda yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.






Izohlar
0