
Madridning "Real" klubi afsonasi Luish Figu jamoaning yozgi transferlar siyosatiga yuqori baho berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning fikricha, klub rahbariyati tarkibni kuchaytirish borasida juda samarali ishlarni amalga oshirdi. "Real" transfer bozorida juda to'g'ri va maqsadli harakat qildi.
Jamoa aynan kuchaytirilishi kerak bo'lgan pozitsiyalarga, xususan, markaziy himoyachi, ikki nafar qanot himoyachisi hamda vinger Diomande kabi futbolchilarni jalb etdi. Umuman olganda, transferlar juda muvaffaqiyatli chiqdi.
Klub rahbariyati mashhur nomlar ortidan quvmasdan, birinchi navbatda jamoaning mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tutdi", — deya portugaliyalik futbol afsonasining so'zlarini keltirmoqda Goal.com portali. Figuning ta'kidlashicha, mazkur o'zgarishlar jamoada o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarish hamda muxlislarning yangi mavsumga bo'lgan umidlarini yanada oshirish uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etgan.
Avvalroq, tajribali futbolchi zamonaviy futbol bozorida kuzatilayotgan haddan tashqari yuqori transfer narxlari borasida ham o'z munosabatini bildirgan edi. Uning nazarida, bugungi kunda o'yinchilarning qiymati va ularning maydondagi haqiqiy foydasi o'rtasidagi tafovut tobora ortib bormoqda.






Izohlar
0