
Angliyalik taniqli sobiq futbolchi Jeymi Karrager Londonning «Arsenal» klubi transfer siyosati va jamoaning tarkibni kuchaytirish borasidagi urinishlari yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «kanonirlar» yozgi transferlar vaqtida Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior hamda «Atletiko» vakili Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Biroq, klub ushbu futbolchilarning transferini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lmadi.
Karragerning ta’kidlashicha, «Arsenal»ga o‘yin tizimini tubdan o‘zgartira oladigan darajadagi futbolchi kerak edi. Uning fikricha, jamoa tarkibi allaqachon juda kuchli shakllantirilgan bo‘lib, uni yanada kuchaytirish oson emas.
Shuning uchun ham klub rahbariyati aynan jahon yulduzlari darajasidagi futbolchilarga e’tibor qaratdi. «Arsenal»da hozirda hujum chizig‘ida yuqori saviyadagi besh-olti nafar futbolchi bor.
Biroq klub tarkibni yanada boyitish uchun o‘z pozitsiyasida eng yaxshilardan bo‘lgan o‘yinchilarni xohlagandi. Afsuski, bu reja amalga oshmay qoldi.
Jamoa tarkibidagi futbolchilar bilan bir xil saviyadagi o‘yinchilarni xarid qilishdan ma’no yo‘q, jamoani faqat chinakam yulduzlar kuchaytira olardi», – deya Karragerning so‘zlarini keltirmoqda Arsenal News Channel. Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» joriy mavsumdagi Angliya Premyer-ligasini ishonchli tarzda boshladi va dastlabki ikki turda zafar quchdi.
Jamoa o‘z oldiga chempionlik maqsadini qo‘ygan holda, mavsumni muvaffaqiyatli davom ettirishni rejalashtirmoqda.






Izohlar
0