Janubiy Koreya milliy futbol jamoasini boshqargan Xon Men Bo jahon chempionati yakunlangach, yurtiga qaytganidan ikki kun o‘tib AQSHga jo‘nab ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mutaxassisning bunday shoshilinch qaror qabul qilishi ortida jamoaning turnirdagi ko‘rsatkichlaridan norozi bo‘lgan muxlislarning keskin bosimi turibdi. Xabarlarga ko‘ra, murabbiyga nisbatan qaratilgan ommaviy ta’qiblar va internet tarmog‘ida tarqalgan o‘lim tahdidlari vaziyatni yanada murakkablashtirgan.
Jamoa 30 iyun kuni Inchxon xalqaro aeroportiga yetib kelganida, muxlislar tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishi tufayli muhit keskin tus olgan edi. Avvalroq rejalashtirilgan kutib olish marosimi va matbuot anjumani muxlislarning tajovuzkor xatti-harakatlari sababli bekor qilindi.
Jamoa a’zolariga qaratilgan keskin tanqidlar va yuzaga kelgan xavfsizlik tahdidlari murabbiylar shtabini jiddiy xavotirga soldi. Xon Men Bo o‘ziga nisbatan bildirilayotgan munosabatlar va jamoatchilik orasidagi keskinlik tufayli mamlakatni tark etishni ma’qul ko‘rgan.
Hozircha mutaxassisning AQSHda qancha vaqt qolishi va kelgusidagi faoliyati borasida rasmiy bayonot berilmadi. Vaziyat futbol federatsiyasi va jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik taranglashganini ko‘rsatmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0