
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Myunxenning Bavariya klubi bilan shartnomani 2029-yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, ayni damda tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini yakunlamoqda. Manbaga ko‘ra, futbolchi va uning oilasi Myunxendagi hayotdan mamnun.
2023-yilda Londonning Tottenxem klubidan Bavariya safiga kelib qo‘shilgan angliyalik hujumchi o‘tgan vaqt davomida klub safida 156 ta o‘yinda maydonga tushib, 154 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, 2025/26-yilgi mavsumda u Bundesliganing 31 ta uchrashuvida 36 ta, Chempionlar ligasining 13 ta bahsida esa 14 ta golga mualliflik qildi.
Shuningdek, u Angliya terma jamoasi tarkibida 12 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lib, shundan 6 tasi jahon chempionatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bavariya safida o‘tkazgan davri mobaynida Keyn ikki marta Germaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, u ikki bor "Oltin butsa" sohibiga aylandi va ketma-ket uch mavsum davomida Bundesliga to‘purari deya e’tirof etildi. Keynning joriy mavsumdagi yuqori samaradorligi uni "Oltin to‘p" mukofoti uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylantirdi.
Nufuzli sovrin sohibi oktyabr oyi oxirida Londonning Palladium sahnasida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi.






Izohlar
0