Fransiya futbol federatsiyasi havaskor klublarga moliyaviy yordam ajratdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Fransiya futbol federatsiyasi havaskor klublarga moliyaviy yordam ajratdi


Yevropada yoqilg‘i narxlarining keskin ko‘tarilishi futbol klublari faoliyatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Xususan, Fransiyada mazkur muammo sababli mahalliy futbol federatsiyasi havaskor klublarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qaror qabul qildi. Derbyderbyderby.it nashrining RMC Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, moliyaviy imkoniyatlari cheklangan havaskor jamoalarga yoqilg‘i xarajatlarini qoplash uchun jami bir yarim million yevro miqdorida kompensatsiya ajratiladi.

Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo ushbu tashabbus yuzasidan izoh berar ekan, mablag‘lardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya kompaniyalarga to‘liq ishonch bildiradi.

Taqdim etilgan yoqilg‘i talonlari orqali jamoalar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, xarajatlarni mustaqil rejalashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Diallo, shuningdek, bu yordam nafaqat klublar, balki yosh futbolchilarni mashg‘ulotlarga olib boruvchi ota-onalar uchun ham ayni muddao bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Yevropada kuzatilayotgan yoqilg‘i narxlarining qimmatlashuvi Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyat bilan bevosita bog‘liq. Ushbu iqtisodiy bosim sport tashkilotlari hamda quyi ligalardagi klublar uchun jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish