Diyego Simeone muhim g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish3

Diyego Simeone muhim g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi


Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan "Atletiko" va "Alaves" jamoalari o‘rtasidagi bahs Madrid klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uchrashuvdan so‘ng "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone jurnalistlar bilan suhbatda o‘yin tafsilotlari va erishilgan natija haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Simeonening ta’kidlashicha, raqib futbolchisining maydondan chetlatilishi o‘yin borishiga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu holat vaziyatni yanada murakkablashtirgan.

"Alaves" kamchilikda qolganiga qaramay, bosimni kuchaytirdi va bizga qiyinchilik tug‘dirdi. G‘alaba qozonish uchun jamoamiz juda ko‘p mehnat qildi.

Bu biz kutgan va suv bilan havodek zarur bo‘lgan natija edi", — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri. Eslatib o‘tamiz, "Alaves" hujumchisi Anxel Peres 61-daqiqada hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etgandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng, "Atletiko" Ispaniya chempionatining sakkiz turidan keyin 19 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Alaves" esa 11 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish