Barselona Rayan Sherkini sotib olish uchun Fermin Lopesdan voz kechishi mumkin

Aziz Karimov2 daqiqalik o'qish

Barselona Rayan Sherkini sotib olish uchun Fermin Lopesdan voz kechishi mumkin


"Manchester Siti" klubi moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanib, jiddiy sanksiyalar xavfi ostida qolishi ortidan matbuotda jamoa yulduzlarining sotib yuborilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko'payib bormoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bunday vaziyatdan foydalanib qolishni istagan Yevropaning grand klublari allaqachon harakatni boshlab yuborishgan. Xususan, "Barselona" agar shunday ssenariy amalga oshsa, hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Erling Xolandni o'z safiga qo'shib olishni ko'zlamoqda.

Biroq kataloniyaliklarning qiziqishlari faqat norvegiyalik futbolchi bilan cheklanib qolmaydi. "El Nacional" nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" hujum salohiyatini oshirish uchun Rayan Sherkini ham asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Manbaga ko'ra, agar "Manchester Siti"ga nisbatan jiddiy cheklovlar joriy etilsa, fransiyalik futbolchi "Barselona"dan tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Mutaxassislar Sherkining ijodkorlik qobiliyatini yuqori baholashmoqda.

U maydonda chiziqlar orasida harakatlanish, raqib himoyachilarini aldab o'tish va keskin uzatmalar berish bo'yicha katta mahoratga ega. Uning bu fazilatlari "Barselona" uchun himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoalarning "devor"larini yorib o'tishda va kombinatsion hujumlarni rivojlantirishda qo'shimcha qurol bo'lib xizmat qiladi.

Transferni amalga oshirish uchun "Barselona" moliyaviy resurslarni to'g'ri taqsimlashi kerak. Shu maqsadda klub tarbiyalanuvchisi Fermin Lopesni sotish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

Aynan ushbu futbolchining transferidan tushadigan mablag' Rayan Sherkini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarni qoplashga xizmat qilishi mumkin. Hozircha tomonlar rasmiy muzokaralarga kirishmagan bo'lsa-da, "Siti" atrofidagi vaziyat yaqin kelajakda transfer bozorida katta o'zgarishlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish