Aleksandro Garnacho oilasini uyidan chiqarib yuborgani ma'lum bo'ldi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Aleksandro Garnacho oilasini uyidan chiqarib yuborgani ma'lum bo'ldi


"Aston Villa" klubida ijarada o‘ynayotgan futbolchi Alexandro Garnacho shaxsiy hayoti bilan bog‘liq noxush xabar bilan kun mavzusiga aylandi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sportchi o‘zining sobiq sevgilisi Eva Garsiya hamda ularning o‘g‘li, oktyabr oyida uch yoshga to‘ladigan Enzo bilan birga yashab kelgan xonadondan ularni haydab chiqargan. Eva Garsiya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu voqeaga munosabat bildirib, uy darvozasi yosh bolaning yuziga yopilgan aks etgan qora-oq rangli suratni joylashtirdi.

U o‘z izohida qiyin vaziyatga tushib qolganini va uyini tark etishga majbur bo‘layotganini qayd etdi. "Men bir kun kelib o‘g‘lim ikkimiz hayotimizni qaytadan qurgan, barcha o‘zgarishlardan so‘ng boshpana bo‘lgan uy bilan xayrlashishga majbur bo‘lishimni o‘ylamagan edim.

Aynan shu yerda biz ikki kishilik oila sifatida ilk qadamlarimizni tashlagan edik. Men bu yerda boshqa tanlov qolmagan paytda kuchli bo‘lishni o‘rgandim.

Endi esa narsalarimizni yig‘ishtirib, ketishimiz kerak. Bu bizning xohishimiz yoki qarorimiz emas.

Afsuski, tashqi omillar va boshqa insonlarning qabul qilgan qarorlari tufayli bu uyda qolishimizning imkoni qolmadi", – deb yozadi Eva. Hozircha futbolchining o‘zi yoki uning vakillari ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berishmadi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish