
O‘zbekistonda doimiy yashash manziliga ega bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash borasida yagona huquqiy tartib o‘rnatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hukumat tomonidan qabul qilingan tegishli qarorga binoan, muayyan turar joyi bo‘lmagan fuqarolar uchun maxsus ijtimoiy moslashuv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur muassasalarning asosiy vazifasi ehtiyojmand aholini boshpana bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish hamda hayotiy zarur sharoitlarni shakllantirishdan iborat.
Markazlarga qabul qilingan har bir fuqaro uchun yashash uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Xususan, ular malakali mutaxassislar nazoratida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, salomatligi holati baholanadi va zarur bo‘lganda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, mazkur tizim doirasida fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish, ularni ish bilan ta’minlash hamda jamiyatga qayta integratsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu yangi mexanizm aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi.






Izohlar
0