Qashqadaryoning baland tog‘li hududlarida sentyabr oyida qor yog‘di

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Qashqadaryoning baland tog‘li hududlarida sentyabr oyida qor yog‘di

Bugun, 4 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasining baland tog‘li hududlarida kutilmagan ob-havo hodisasi kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hududda havo harorati keskin pasayib, tog‘ cho‘qqilariga qor yog‘di. Ushbu holat yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, yog‘ingarchilik ayniqsa qo‘riqxonaning Miraki hamda G‘elon bo‘limlariga qarashli yuqori qismlarda kuzatilgan. Natijada mazkur hududlar qor qatlami bilan qoplangan.

Hisor davlat qo‘riqxonasi o‘zining murakkab relyefi va baland tog‘li zonalari bilan ajralib turadi, shuning uchun ham bu hududlarda kuz mavsumi yaqinlashishi bilan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi kuzatilishi odatiy hol hisoblanadi. Ayni damda hududda past harorat saqlanib qolmoqda.

Qo‘riqxona ma’muriyati yuzaga kelgan meteorologik vaziyatni nazorat ostiga olgan bo‘lib, tabiat qo‘ynidagi o‘zgarishlar doimiy kuzatuv ostida olib borilmoqda. Hozircha hududdagi flora va fauna vakillariga yetkazilgan salbiy ta’sirlar haqida xabar berilmadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish