O‘zbek lotin alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartirildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

O‘zbek lotin alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini yanada takomillashtirish va uni to‘liq joriy etishga qaratilgan qonun rasman imzolandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur huquqiy hujjatga muvofiq, alifboda mavjud bo‘lgan to‘rtta harfning yozilish shakli o‘zgartirilishi belgilab qo‘yildi. Bu boradagi yangiliklar haqida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoatchilikka ma’lumot berdi.

Qabul qilingan yangi tartibga ko‘ra, alifbodagi o‘zgarishlar quyidagicha ko‘rinish oladi: O‘ o‘ harflari Ö ö tarzida, G‘ g‘ harflari Ğ ğ tarzida, Sh sh harflari Ş ş tarzida hamda Ch ch harflari Ç ç shaklida yoziladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur o‘zgarishlar doirasida ng harflar birikmasiga ham tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qadam milliy yozuvimizni xalqaro standartlarga moslashtirish, shuningdek, o‘zbek tilining yozma shaklini yanada ixcham va tizimli holga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mazkur islohot mamlakatimizdagi ta’lim va ish yuritish sohalarida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish