Ishli onalar uchun bog‘cha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ishli onalar uchun bog‘cha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

O‘zbekistonda band bo‘lgan onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun yangi ijtimoiy imtiyozlar tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2027-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini oilaviy nodavlat bog‘chalarga joylashtirgan ishlovchi onalarning to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Mazkur tashabbus yosh bolali ayollarning mehnat bozoridagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirish va ularning oliy ma’lumot olish jarayonini tartibga solish bo‘yicha ham o‘zgarishlar kutilmoqda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bog‘cha tarbiyachilari uchun o‘qishga kirish va ta’lim olish jarayonini yengillashtirishga oid yangi qoidalar tatbiq etiladi.

Bu o‘zgarishlar sohada kadrlar salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Natijada, tizimdagi pedagoglarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlari kengayib, ularning kasbiy rivojlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish