
O'zgidromet xabariga ko'ra, dam olish kunlarida O'zbekiston bo'ylab ob-havo asosan barqaror bo'ladi, yog'ingarchilik ehtimoli kam. Biroq, ayrim viloyatlarda vaqtinchalik yomg'ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Juma kuni Toshkent viloyati hamda Farg'ona vodiysining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yog'ingarchilik kutilmoqda.
Shanba va yakshanba kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba'zi qismlarida yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi prognoz qilinmoqda. Farg'ona vodiysida ham yakshanba kuni yog'ingarchilik kuzatilishi mumkin. Umumiy harorat ko'tarilib, ko'pchilik hududlarda +20…+25 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +26…+28 darajagacha yetadi.
19 aprel kuni respublika shimoli-g'arbiy qismida shamol kuchayib, tezligi 15–20 m/s ga etishi mumkin, bu esa chang-to'zon ko'tarilishiga olib kelishi ehtimoli bor. Tog'li va tog'oldi hududlarda 17–19 aprel kunlari vaqt-vaqti bilan yomg'ir, baland tog'larda esa yomg'ir va qor aralash holida yog'ingarchilik kutilmoqda.
Ushbu holat sel va suv toshqinlari xavfini saqlab turadi. Toshkent shahrida dam olish kunlari qisman bulutli ob-havo bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir ham mumkin. Juma kuni harorat +14…+16, shanba kuni +19…+21, yakshanba kuni esa +21…+23 daraja atrofida bo'ladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0