7 sentyabr kuni O‘zbekistonda to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

7 sentyabr kuni O‘zbekistonda to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi

Joriy yilning 7 sentyabr sanasida astronomik nuqtai nazardan muhim hodisa — so‘nggi yillardagi eng uzoq davom etuvchi to‘liq Oy tutilishi yuz beradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur noyob hodisani O‘zbekiston aholisi ham bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 20:28 da Oy Yer soyasiga kirish jarayoni boshlanadi.

Tutilishning qisman bosqichi esa soat 21:27 ga to‘g‘ri keladi. Hodisaning asosiy qismi hisoblangan to‘liq tutilish bosqichi soat 22:30 da boshlanib, 23:52 ga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Aynan shu vaqt oralig‘ida tabiiy yo‘ldosh Yer soyasi bilan to‘liq qoplanadi va osmon yoritqichi o‘ziga xos tusga kiradi. Astronomlar ushbu holatni kuzatish uchun maxsus optik moslamalar talab qilinmasligini, ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa, hodisani oddiy ko‘z bilan ham bemalol ko‘rish mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Bu kabi astronomik voqealar tabiatning betakror hodisalari sirasiga kirib, ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish