Xitoy qayta foydalaniladigan raketa texnologiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xitoy qayta foydalaniladigan raketa texnologiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdiXitoyning aerokosmik sanoati erishgan navbatdagi muhim yutuq xalqaro miqyosda jiddiy eʼtiborni tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning Aerospace Science and Technology Corporation (CASC) davlat korporatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi parvoz jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Long March raketasini fazoga muvaffaqiyatli uchirgan mutaxassislar, uning tezlatkich qismini dengizda joylashgan maxsus platformaga aniq qoʻndirishga erishdilar.

Mazkur texnik yechim raketa tashuvchilardan qayta foydalanish imkoniyatini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali Xitoy dunyo miqyosida AQSHdan keyin bunday texnologiyani toʻliq oʻzlashtirgan ikkinchi davlat maqomini qoʻlga kiritdi.

Bunday texnologik qadamlar mamlakatning koinotni tadqiq etish borasidagi salohiyatini yangi bosqichga koʻtarmoqda. Mutaxassislar ushbu muvaffaqiyatni kosmik parvozlar tannarxini pasaytirish va sohadagi xarajatlarni optimallashtirish yoʻlidagi muhim burilish sifatida baholamoqdalar.

Xitoyning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati kelgusida xalqaro kosmik tadqiqotlar bozoridagi raqobatni kuchaytirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish