Xitoydagi tashlandiq shahar qanday qilib o‘rmonga aylandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoydagi tashlandiq shahar qanday qilib o‘rmonga aylandi

Xitoyning Shantou shahrida joylashgan yirik turar joy majmuasi bugungi kunda o‘ziga xos ekologik manzaraga ega bo‘lib, u asta-sekin yovvoyi tabiat bag‘riga singib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘z vaqtida odamlar yashashi uchun barpo etilgan ko‘p qavatli binolar va ularga tutash hududlar qarovsiz qolishi oqibatida butunlay o‘simliklar bilan qoplandi. Bugungi kunda bu joylar inson faoliyati to‘xtagan va tabiat o‘z hukmronligini o‘rnatgan makonni eslatadi.

Ushbu hududning umumiy ko‘rinishi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan The Last of Us serialidagi postapokaliptik muhitni yodga soladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yillarda ushbu hududda dengiz bo‘yida istiqomat qiluvchilar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish rejalashtirilgan edi.

Biroq loyiha yakuniga yetmay qolishi va hududning uzoq vaqt davomida e’tiborsiz qoldirilishi natijasida mazkur manzara hosil bo‘ldi. Hozirda ushbu majmua shaharning beton va temir-beton konstruksiyalaridan iborat bo‘lsa-da, yashil o‘simliklar bosib ketgan g‘ayrioddiy hudud sifatida diqqatni tortmoqda.

Mutaxassislar ushbu holatni urbanizatsiya jarayonlarining to‘xtashi va tabiatning qayta tiklanishiga misol sifatida baholashadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish