
Xitoyning Lyaonin viloyati hududidan topilgan va juda yaxshi saqlangan qadimiy skelet ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Olimlar ushbu topilma avval fanga noma’lum bo‘lgan Norellraptor barsboldi nomli dinozavr turiga mansub ekanligini aniqlashdi. Tadqiqot tafsilotlari nufuzli Nature Communications ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur noyob topilma hududdagi mahalliy fermerlardan biri tomonidan tasodifan aniqlangan. O‘tkazilgan tahlillar dinozavrning umumiy uzunligi 57 santimetrga teng bo‘lganini ko‘rsatdi.
Qazilma jarayonida jonivorning anatomik tuzilishi, xususan, old va orqa oyoqlari hamda dum qismidagi patlarning qoldiqlari yaxshi saqlanib qolgani kuzatilgan. Ushbu kashfiyot dinozavrlar evolyutsiyasi va ularning tashqi ko‘rinishi haqidagi mavjud tasavvurlarni boyitishga xizmat qiladi.
Olimlar mazkur tur vakillarining yashash tarzi va biologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha keyingi bosqich ishlarini davom ettirmoqdalar.






Izohlar
0