
NASAning qariyb ellik yil muqaddam koinotga uchirilgan Voyager-1 va Voyager-2 kosmik zondlari Quyosh tizimining tashqi chegaralarida ilmiy kuzatuvlar tarixidagi kutilmagan hodisani qayd etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iflscience.com ilmiy portalining xabariga ko‘ra, mazkur apparatlar yulduzlararo bo‘shliqqa yaqinlashgan hududda atrof-muhit harorati kutilganidan ikki baravar yuqori ekanligini aniqlagan. Xususan, zondlar qayd etgan ko‘rsatkichlar 30 000 dan 50 000 Kelvingacha bo‘lgan qiymatni tashkil etadi.
Selsiy shkalasi bo‘yicha ham deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ushbu yuqori harorat olimlar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar fazoviy hududning bunday darajada qizib ketishi sabablarini o‘rganish maqsadida ma’lumotlarni tahlil qilishda davom etmoqda.
Mazkur kashfiyot Quyosh tizimi chegaralari va yulduzlararo muhitning fizik xususiyatlari haqidagi mavjud nazariyalarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu hodisa kosmik nurlanish va quyosh shamollari ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.






Izohlar
0