Ummon qirg‘oqlarida g‘ayrioddiy pushti rangli delfinlar paydo bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ummon qirg‘oqlarida g‘ayrioddiy pushti rangli delfinlar paydo bo‘ldi

Ummon sultonligining poytaxti Maskat yaqinida joylashgan Qantob sohilida g‘ayrioddiy hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy aholi va dam oluvchilar tomonidan tasvirga olingan hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videolarda pushti rangli delfinlarning suv yuzasida harakatlanayotgani aks etgan. Insider Paper nashrining xabar berishicha, ushbu holat joriy yilning 15 oktyabr kuni kuzatilgan.

Dengiz jonivorlari qirg‘oqqa yaqin hududda suzib, bir necha bor suv sathiga ko‘tarilishgan. Delfinlarning odatiy tusdan farqli bo‘lgan bunday ko‘rinishi internet foydalanuvchilari o‘rtasida qiziqish va hayrat uyg‘otdi.

Mutaxassislar hozircha ushbu noyob hodisaning sabablari va delfinlarning bunday rangga kirish omillari yuzasidan aniq xulosalar taqdim etishmagan. Shunga qaramay, mazkur voqea mintaqadagi dengiz faunasi vakillarining xulq-atvori hamda tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar bo‘yicha muhokamalarni keltirib chiqardi.

Hozirgi vaqtda mahalliy tabiatni muhofaza qilish idoralari holatni o‘rganish va tushuntirish berish uchun tegishli kuzatuv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish