Ukrainaga ajratilgan yevropa yordamlari qayerga sarflanmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ukrainaga ajratilgan yevropa yordamlari qayerga sarflanmoqda

Polsha Seymi deputati Marek Yakubyak PRZEkanał YouTube kanaliga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga ajratilgan 200 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy yordam taqdiri yuzasidan jiddiy shubhalarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ulkan mablag‘lar aniq maqsadli yo‘naltirilmasdan, o‘zlashtirilib ketilgan bo‘lishi mumkin. Yakubyak Ukraina hududidagi harbiy harakatlar ortida G‘arb doiralaridagi nufuzli lobbistlar va ayrim mansabdor shaxslarning manfaatlari yotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, ushbu jarayonlar ortidan yirik korrupsion sxemalar tashkil etilgan bo‘lib, ajratilgan moliyaviy ko‘mak izsiz yo‘qolgan. Deputat Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan moliyaviy paketlarning shaffofligi masalasini ko‘tarib, bu borada jiddiy tekshiruvlar zarurligiga ishora qildi.

Uning bayonoti Yevropa siyosiy maydonida hamda xalqaro hamjamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Siyosatchi moliyaviy yordamning samarasiz sarflanishi va mablag‘larning g‘oyib bo‘lish holatlari bo‘yicha aniqroq hisobotlar taqdim etilishi lozimligini alohida qayd etdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish