Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiya hududida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olindi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, mazkur shaxs belgilangan huquqiy tartib-qoidalarga muvofiq vatanga qaytarildi.

M.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari, xususan, odam savdosi bilan bog‘liq 135-modda hamda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki kirishni nazarda tutuvchi 223-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Ushbu shaxsga nisbatan ilgari sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi. Turkiya va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan maxsus tadbir natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olinib, O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillariga topshirildi.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda va M.X.ga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanmoqda. Bosh konsulxona fuqarolarni xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish jarayoni davom etayotganini eslatib o‘tdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish