Turkiyada dengizga sakragan sayyoh fojiali tarzda vafot etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Turkiyada dengizga sakragan sayyoh fojiali tarzda vafot etdi

Turkiyada oilasi bilan dam olayotgan sayyoh bilan bog‘liq fojiali hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mehmonxona hududidagi plyajda joylashgan suv usti yo‘lakchasidan dengizga sakragan 39 yoshli Arif Erman voqea joyida vafot etdi. Mazkur hodisa 4 sentyabr, juma kuni soat 15:00 atrofida Antaliya viloyatining Alanya tumaniga qarashli Konakli kurort zonasidagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoh suv usti inshootidan pastga sakragan vaqtda suvning chuqurligi bor-yo‘g‘i 50 santimetrni tashkil etgan. Bosh qismi bilan suv tubiga urilgan erkak og‘ir jarohat olgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tibbiy xodimlar yetib kelganiga qaramay, Arif Ermanning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Hozirda mahalliy huquq-tartibot organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Mutaxassislar kurort hududlarida dam olayotgan fuqarolarni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga va tavakkal qilmaslikka chaqirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish