
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1 yanvar sanasidan e’tiboran Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur cheklov joriy etilishi arafasida xalqaro energiya bozorida yirik qayta taqsimot jarayonlari kuzatilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar fonida Rossiya Energetika haftaligi doirasida muhim diplomatik va iqtisodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turkiya energetika va tabiiy boyliklar vaziri Alparslan Bayraqtar Rossiyaning «Yamal SPG» loyihasi asosiy aksiyadori hisoblangan «Novatek» kompaniyasi rahbari Leonid Mixelson bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari hamda yangi sharoitlarda gaz ta’minoti zanjirlarini saqlab qolish masalalarini muhokama qildilar.
Yevropa bozoridagi cheklovlar energiya resurslarini yetkazib berish geografiyasini qayta shakllantirishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida Turkiyaning energetika markaziga aylanish strategiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Hozirgi bosqichda tomonlar yuzaga kelayotgan logistika va tijorat qiyinchiliklarini bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.






Izohlar
0