Samolyotda eshikni ochishga uringan yo‘lovchi parvoz vaqtida vafot etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish3

Samolyotda eshikni ochishga uringan yo‘lovchi parvoz vaqtida vafot etdi

Joriy yilning 6 oktyabr sanasida Nigeriya havo hududida Nayrobi–Lagos yo‘nalishida harakatlanayotgan samolyot bortida favqulodda vaziyat kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Parvoz davom etayotgan bir pallada yo‘lovchilardan biri o‘zini g‘ayritabiiy tutib, ekipaj a’zolarining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishdan bosh tortdi. Mazkur shaxs dastlab uchuvchilar kabinasiga kirishga harakat qildi, biroq urinishi samara bermagach, samolyot eshigini ochishga intildi.

Ushbu harakatlar havo kemasi xavfsizligiga jiddiy xavf solgani bois, vaziyatni nazoratga olish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Biroq, yuzaga kelgan to‘qnashuv va tartibsizliklar oqibatida yo‘lovchi vafot etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu ma’lumot Nigeriya Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan rasman tasdiqlandi.

Havo kemasidagi boshqa yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining sog‘lig‘iga zarar yetmagani qayd etilgan. Mutaxassislar voqea tafsilotlarini aniqlash maqsadida bortdagi yozuv qurilmalarini o‘rganishni davom ettirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish